Humoyun Sultonov: Men 6 oy tennis o‘ynamadim
Xabaringiz bor ayni kunlarda Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida mukofot jamg‘armasi 150 000 AQSh dollarini tashkil etadigan “Tashkent Challenger” turniri davom etmoqda. Ushbu turnirda hamyurtimiz Humoyun Sultonov ham ishtirok etdi va ilk davradayoq ukrainalik Denis Molchanovga 6:4, 5:7, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib, turnirni tark etgan edi.
Mazkur musobaqa rasmiy sayti esa Humoyun bilan kichik intervyu tashkil etdi.
- Denisga qarshi bahs haqida nimalar deya olasiz?
- Men uchinchi setda hisob 4:4 bo‘lib turgan va 40:30 geymi o‘z foydamga hal etishim mumkin bo‘lgan vaqtda vaziyatni boy berdim. O‘ylashimcha, ruhiy jihatdan kuchsiz edim.
- Siz yaqinda jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan edingiz, bu ham ta’sir etdimi?
- Xa, men 6 oy tennis o‘ynamadim. Menda tayyorgarlik uchun bor-yo‘g‘i 20 kun bo‘ldi. Menga jismoniy tayyorgarlik va ozgina omad etishmadi.
- Keyingi rejalaringiz qanday?
- Bu musobaqadan so‘ng, men ITF turkumidan o‘rin olgan Malayziyadagi 2 ta Fyuchersda ishtirok etaman. Qolganini vaqt ko‘rsatadi, Asosiysi tiklanib olishdir.

Fikrlar