Ibragimovich: Mourino - MYu uchun eng munosib murabbiy

  • 11.10.2018 16:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

AQShning "Los-Anjeles Gelaksi" klubi forvardi Zlatan Ibragimovich "Manchester Yunayted"dagi ustozi Joze Mourinoni himoya qila boshladi.

“Menimcha hali Mourinoda premer-ligani yutish imkoniyati mavjud. Joze “Manchester Yunayted” uchun eng maqbul murabbiy deb o‘ylayman. Ammo, murabbiy qachon yaxshi bo‘ladi, qachonki uning qo‘l ostidagi jamoa ham yaxshi bo‘lsa. Shuning uchun aytishim mumkinki, jamoa yaxshi bo‘lmasa, uning bir o‘zi mo‘jiza yarata olmaydi. Lekin men ko‘ryapmanki jamoa o‘sishga erishmoqda va yanada kuchaymoqda. Bu uning ushbu jamoadagi uchinchi yil ishlashi va tabiiyki futbolchilar ham uning nimani xohlashini juda yaxshi bilib olishgan. Shuning uchun men unga ishonaman”, - deydi shvetsiyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, MYu chempionatning o‘tgan 8ta turidan so‘ng 13 ochko bilan 8-pog‘onani egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!