Inesta “Barselona”ni tark etmoqchi emas

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Andres Inesta jamoadan ketmoqchi emas. Hozircha u klubga foyda keltirmoqda.

– 2018 yili klub bilan tuzgan shartnomam yakuniga etadi, ammo kelishuvni uzaytirishni xohlayman. Mening nimani xohlashimni barcha biladi. Bu sir emas. O‘yin darajam “Barselona”ga to‘g‘ri kelishi kerak va o‘shanda qolishim mumkin. Umid qilamanki, yana ko‘p yillar jamoaga foyda keltira olaman, – deydi Inesta.

Eslatib o‘tamiz, Inesta 1996 yildan beri kataloniyaliklar sharafini himoya qilib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!