
Ingliz klubi futbolchisi mashg‘ulotlarga 72 kun kechikib keldi
“Sanderlend” klubining senegallik himoyachisi Papi Jiloboji jamoaga 72 kun kechikish keldi, deya xabar beradi The Sun nashri.
Ingliz klubi rahbariyati 29 yoshli futbolchi bilan muddatidan oldin kelishuvni bekor qilishi mumkin. Klubda shuningdek, Jilobojining kelmagan vaqti uchun haq to‘lamoqchi emas. Uning buncha kech qolganligi sababi oshkor qilinmayotir.
Senegallik futbolchi “Sanderlend” tarkibida 2016 yildan beri to‘p surib kelmoqda. 2017/2018 mavsumda Jiloboji ijara asosida Frantsiyaning “Dijon” jamoada to‘p surgan.
Angliya birinchi ligasi dastlabki olti turidan so‘ng “Sanderlend” to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa hozircha mag‘lubiyatsiz yurishini davom ettirmoqda. 4 g‘alaba va 2 durang.
Fikrlar