"Inter" Nainggolanni nega jazoladi?
"Inter" yarim himoyachisi Raja Nainggolan jamoa mashg‘ulotlariga kech qoldi.
Klub rasmiy saytining xabar berishicha ushbu holat uchun murabbiylar shtabi belgiyalik futbolchini vaqtinchalik mashg‘ulotlardan chetlatgan. U shuningdek moliyaviy jarimaga ham tortiladi.
Eslatib o‘tamiz, 30 yoshli Nainggolan “Inter” safiga o‘tgan yoz “Roma”dan 38 mln evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum hozircha 15ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 3ta gol urishga erishdi.
Fikrlar