"Inter" bosh direktori: Nainggolan transferga qo‘yilmadi

  • 27.12.2018 10:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Milanning "Inter" klubi bosh direktori Juzeppe Marotta intizomni buzgani uchun ma’lum muddat jamoadan chetlatilgan yarim himoyachi Raja Nainggolanning kelajak taqdiri haqida gapirib o‘tdi.

“U transferga qo‘yildimi? Men aslo bunday deb o‘ylamayman. Uni chetlatish haqidagi qarorimiz u bilan yozda tuzilgan kelishuvni bekor qilmaydi. Biz uni jazolashga majbur bo‘ldik. Chunki, jamoaning o‘ziga yarasha qonun-qoidalari bor. U tarkibga qaytishi bilan hammamiz bu voqea haqida unutamiz”, - deydi Marotta.

Eslatib o‘tamiz, belgiyalik futbolchi joriy mavsum A Seriyada jami 15ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!