Ishsiz yurgan top murabbiylar
Murabbiylik – juda ham mashaqqatli kasbdir. Bu kasb egalari qay yo‘nalishda bo‘lmasin, o‘z shogird va o‘quvchilarini komillik singari etaklashi zarurdir. Ayniqsa, futbol murabbiyligi bugungi kunda juda murakkablashib borayotir. Buni har hafta qaysidir taniqli jamoa o‘ziga monand murabbiyni vazifasidan ozod etgani to‘g‘risidagi xabarlarga tez-tez ko‘zimiz tushishi ham tasdiqlaydi. Biz hikoya etmoqchi bo‘lgan murabbiylar esa ayni paytda jamoasiz yurishibdi. Keling, yaxshisi ular bilan tanishtirganim ma’qul.
Terma jamoada sovrin yuta olmagan 10 yulduz
“Real” akademiyasidan ham kuchli futbolchilar chiqadi
“Tillari biyron” Pikedan o‘ziga xos iqtiboslar
Roberto Manchini
Manchinining “Inter”ga ikkinchi bor kelishi omadli chiqqani yo‘q. Klub rahbriyati Robertoning ishini qoniqarsiz deb topdi va unga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ydi. Manchining omadli damlari bu “neradzurrrilar”ga ilk bor kelgan yillari va “Siti”dagi ishlaridir. Biroq ko‘pchilik bu muvaffaqiyatlarni A Seriyada o‘sha vaqtda raqoboatchi bjamoa yo‘qligi bilan izohlasa, qolganlari “Siti”ning Evropa maydonlaridagi yurishidagi muvaffaqiyatsizlikni italiyalik murabbiyga ag‘darishadi.
>>Janubiy Koreya klublarida to‘p surgan o‘zbek futbolchilari
Marselino Garsiya Toral
“Vilyareal”ni Segundadan Evropa ligasi finaligacha olib chiqqan murabbiy “sariq submarina”ning rahbarlari bilan o‘zaro kelisha olmaganligi tufayli jamoani tark etishga majbur bo‘ldi. Marselino himoyani “joyiga qo‘yadigan” murabbiylardan sanaladi. Ushbu mutaxassis o‘rtamiyona jamoalarni yuqoriga olib chiqishga usta ekanligini qayd etish joiz.
Lui van Gal
O‘tgan mavsum “MYu”ning zerikarli va nursiz o‘yinlari tufayli “qizil iblislar” rahbarl;ari gollanbdiyalik mutaxassisga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘yishdi. Biroq van Gal janiblari yoshlarga imkon berishi bilan nom qozonganligini aytish joiz. Buni u ishlagan har bir jamoada ko‘rishimiz mumkin. Zamonamizning eng sovrindor murabbiylaridan biri bo‘lgan van Galning ishsiz yurishi uzoqqa cho‘zilmasa kerak.
>>Ahmedov Irismetovni quvib o‘tdi yoxud O‘zbekiston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar
Marselo Belsa

Mana 5 yildirki argentinalik mutaxassis Evropada faoliyat yuritmoiqda. “Atletik”ni Evropa ligasi finaliga qadar olib brogan Marselo keyinchalik “Marsel”ga murabbiy etib tayinlandi. Yozda esa “Latsio” murabbiyi sifatida ommaga tanishtilgan Belsa vazifasiga kirishmasidanoq shartnomani bekor qildi. Bunga sabab sifatida klub prezidenti va’da qilgan narsalarini bajarmaganligini aytgan murabbiy hozirgacha ishsiz yuribdi.
>>Bahodir Pardaevning yangi jamoasi haqida nimalarni bilasiz?
Gus Xiddink

Yana bir gollandiyalik ajoyib murabbiy. Xiddink janoblari dunyoning qay burchagidagi jamoani boshqarmasin muvaffaqiyatga erishib kelgan. O‘tgan mavsumni “Chelsi”da yakunlagan muarbbiyga Roman Abramovich shartnoma taklif etmadi. Bundan bir necha kuni 70 yoshini qarshi olgan mutaxassis hozircha ishsizlar qatoridadir.
>>Bu o‘yinni albatta tomosha qiling, sababi…
Roy Xojson
Barchamiz Angliya terma jamosining Evro-2016 dagi omadsiz ishtirokini kuzatdik. Angliya futbol assotsiyatsiyasi bu omadsizlikning bosh aybdori sifatida Xojsonni ko‘rdi va uni o‘z vazifasidan ozod etdi. Xojson hali so‘nggi so‘zini aytganicha yo‘q. Shu sababli ham unga tez orada yangi ish topilib qolsa, ajab emas.
Loran Blan

“Bordo” hamda “PSJ” jamoalarida mahalliy sovrinlarning barchasini qo‘lga kiritdi. JCh-2010 omadsizligidan keyin Frantsiya termasini qabul qilib olgan Blanning so‘nggi ish joyi “Pari Sen-Jermen” bo‘ldi. Ichki musobaqalarda rekordlarni birin-ketin yangilagan murabbiy evroarenalardagi muvaffaqiyatsizliklar tufayli jamoadan ketishga majbur bo‘ldi.
Tomas Shaaf
Aksariyat nemis klublari murabbiylikka mahalliy mutaxassislarni jalb etadi. Shaaf esa 14 yil “Verder”ni boshqardi. Albatta buncha yil bitta jamoani boshqarish hamma murabbiylarga ham nasib etavermaydi. Qahramonimiz esa “musiqachilar” bilan mahalliy arenalarda yutish imkoni mavjud bo‘lgan barcha sovrinlarga ega chiqdi. Keyinchalik “Ayntraxt”da bir yil, “Gannover”da 4 oy ishlagan Tomas bir yildan buyon ishsiz yuribdi.
Fabio Kapello

Don Fabioning mehnat daftarchasiga faqat grand klublarning nomi bitilgandir. “Roma” , “Milan” , “Yuventus”, “Real” va hokazo. So‘nggi yillarda Angliya hamda Rossiya termalarini boshqargan italiyalik mutaxassis yuqoridagi ikki jamoada qoniqarli natijalarga erishdi deyish qiyin. Va ayni shu sababdirkim, u hozirda ishsiz.
Zdenek Zeman
Zeman yuqorida biz sanab o‘tgan hamkasblaridan farqli ravishda ko‘p kubok va g‘alabalarga erishmagan. Biroq u italyan futbolida o‘ziga yarasha obro-e’tiborga egadir. Uning jamoalari doimo hujumkor o‘yin namoyish etib kelgan va shu sababli uning jamoalari juda ham tomoshabop, muhlislarga yoquvchi o‘yin uslubini namoyish etib keladi. Biroq shunday mutaxassis ham ishsiz…
Tavsiya etamiz:
- Hakamlar “Barselona”ga yon bosadi(mi)
- “Real”ning 7-raqam egalari
- Mashxur futbol muxlislari. DJ Pilligrimdan Sevara Nazarxongacha...
Shahzod Xolboev tayyorladi


Izohlar (0)