
Isko "Barselona"ga qarshi o‘yinay oladi
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Isko jarohatidan to‘liq sog‘ayib safga qaytdi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 26 yoshli futbolchi jamoaning umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilgan. U 27 fevral kuni “Barselona”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Ispaniya kubogi yarim final javob bahsida ishtirok eta oladi.
Hozircha “qirollik klubi” lazaretida faqatgina Markos Lorente qolmoqda.
Fikrlar