Ispaniya JCh-2030ni o‘zida o‘tkazmoqchi

  • 13.09.2018 11:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya JCh-2030 mezbonligi uchun FIFAga ariza topshirmoqchi. Bu haqda  Cadena SER nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra Ispaniya futbol federatsiyasi rahbari Luis Rubiales ushbu masala yuzasidan FIFA prezidenti Janni Infantino bilan gaplashgan.

Aytish lozimki, Ispaniya mundial mezbonligi uchun Portugaliya yoki Marokash bilan qo‘shma ariza topshirishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, JCh-2030 mezbonligi uchun Xitoy, shuningdek Argentina, Urugvay hamda Paragvay mamlakatlari qo‘shma ariza topshirishmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!