Ispaniya kubogi finali qaerda bo‘ladi?

  • 01.03.2019 12:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor Ispaniya kubogining 2018/2019 yilgi mavsum finalida "Barselona" va "Valensiya" klublari o‘zaro bahs yuritishi oydinlashdi. Biroq, 25 may kuni bo‘lib o‘tadigan final uchrashuvi qaerda o‘tkazilishi hozircha noma’lum bo‘lib qolmoqda.

Berilgan ma’lumotlarga qaraganda kubok finalini o‘tkazishga "Betis"ning uy stadioni hisoblangan "Benito Vilyamarin" hamda "Valensiya"ning uy o‘yingohi - "Mestalya" da’vogarlik qilmoqda. Ta’kidlash kerakki, bu borada "Benito Vilyamarin"ning imkoniyatlari yuqori baholanmoqda.

Ma’lumot uchun “Betis”ning uy stadioni o‘z bag‘riga 52 700 nafar tomoshabinni sig‘dira oladi. “Mestalya”da esa ushbu ko‘rsatgich 55 000 nafarni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, "Betis" yarim finalda "Valensiya"ga imkoniyatni boy berdi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!