Jahon chempionati: Vakillarimiz dastlabki kunni muvaffaqiyatsiz yakunlashdi

  • 20 sentabr, 2018, 13:21
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida dzyudo bo‘yicha Jahon chempionati bahslari davom etmoqda.

Tecno

Musobaqaning dastlabki kungi bahslarida hamyurtimiz Sharofiddin Lutfillaev ham o‘z ishtirokini boshlagan edi. -60 kg vazn toifasidagi polvonlar o‘rtasidagi bahsning "S" guruhi doirasida o‘tkazilgan bahslarda hambyurtimiz dastlab, portugaliyalik Gonsalu Mansinoni ippon evaziga mag‘lub etgan hamyurtimiz keyingi bosqichda qirg‘izistonlik Otar Bestaevga vazare bahosi evaziga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Shuningdek, ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarda -48 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Marjona Salohiddinova ham dastlab Avstraliya vakilasi Emma Rouzni qiyinchilik bilan mag‘lub etgan bo‘lsa, mo‘g‘ulistonlik Munxbat Urantsetsegga hech qanday qarshilik ko‘rsata olmadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!