
Jahon chempionatida eng zo‘r dzyudochilarimiz tatamiga chiqadi
Ushbu chempionatda dunyoning 134 mamlakatidan 88 nafarga yaqin dzyudo ustasi g‘oliblik uchun kuch sinashishi kutilmoqda.
SPORTS.uz axborot portaliga ma’lum bo‘lishicha, yilning nufuzli musobaqasida mamlakatimiz sharafini to‘qqiz nafar sportchimiz himoya qiladi.
Terma jamoa rahbariyatida jahon chempionatiga Muhriddin Tilovov (-60 kg), Diyorbek O‘rozboev (-60 kg), Sardor Nurullaev (-66 kg), G‘iyosjon Boboev (-73 kg), Davlat Bobonov (-81 kg), Yahyo Imomov (-90 kg), Shahzod Sobirov (-90 kg) Sherali Jo‘raev (-100kg) va Muhsin Xisomiddinovni (+100 kg) jalb qilgan.
Jahon chempionati erkaklar va ayollar o‘rtasida ettidan vazn toifasida o‘tkaziladi. Shuningdek, jamoaviy bellashuvlarda ham g‘oliblar aniqlanadi. Dzyudochilar jami 16 medal jamlanmasi uchun tatamiga chiqadi.
Fikrlar