Jiru: Anrini raqib jamoa safida ko‘rish g‘alati
Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Olive Jiru ayni damda Belgiya terma jamoasi murabbiylar shtabida faoliyat olib borayotgan frantsiyalik sobiq futbol yulduzi Terri Anri haqida to‘xtalib o‘tdi.
“Anrini raqib jamoa safida ko‘rish g‘alati. Men tushunaman, u bu erda ish o‘rganib, murabbiylik faoliyatida ham yangi marralarni zabt etish uchun yuribdi. Biz uni juda xurmat qilamiz, u Frantsiya futbolining afsonasi. Uni o‘z jamoamizda ko‘rishni istardim va bu borada u noto‘g‘ri tanlovni amalga oshirganini bajonidil isbotlab bermoqchiman. Uning uchun bu alohida ahamiyatga ega o‘yin bo‘ladi”, - deydi Jiru.
Eslatib o‘tamiz, 10 iyul kuni JCh-2018ning yarim final uchrashuvida Frantsiya aynan Belgiyaga qarshi bahs yuritadi.



Fikrlar