Jon Terri "Chelsi"da murabbiy sifatida ish boshladi
Angliyalik afsonaviy himoyachi Jon Terri yana o‘zining qadrdon “Chelsi” jamoasiga qaytdi.
Daily Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 37 yoshli Terri “aristokratlar”ning yoshlar jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Aytish lozimki ushbu lavozimda ishlab kelgan Jodi Morris Frenk Lempard boshqaruvidagi "Derbi Kaunti" klubining murabbiylar shtabiga borib qo‘shilgan edi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda Terrining maoshi yiliga 1 million evroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, Jon Terri asli "Chelsi" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va u 1998-2017 yillarda ushbu jamoa sharafini himoya qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Jon yozda Moskvaning “Spartak” klubiga o‘tishga juda yaqin kelgan edi. Biroq, so‘nggi damda u o‘z fikridan qaytgan edi.
Fikrlar