Jo‘rabek Karimov va Saida’lo Saidkarimov yarim finalda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Qatarda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan «Fyuchers» turkumiga kiruvchi turnirning juftlik bahslarida Jo‘rabek Karimov va Saida’lo Saidkarimov yarim finalga chiqdi.

Jo‘rabek va Saida’lo musobaqaning chorak finalida frantsiyalik Jeymi Floyd Anjel va Ugo Umberga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Tennischilarimiz birinchi setni 6:2 hisobida o‘z foydalariga hal qilgan bo‘lsalar, ikkinchi setda o‘yin tizginini butkul qo‘lga olib bitta ham geymni yutqazmadilar.

Endi Jo‘rabek va Saida’lo yarim finalda xorvatiyalik Fran Zvonimir Zgombik va rossiyalik Aslan Karatsev bilan raqobatlashadi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!