Jo‘rabek va Humoyunning Malayziyadagi sarguzashtlari davom etadi

  • 30 oktabr, 2017, 08:00
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Mamlakatimizning ikki umidli tennischisi Jo‘rabek Karimov va Humoyun Sultonov Malayziyada sovrin jamg‘armasi 15.000 AQSh dollari bo‘lgan xalqaro turnirda ishtirok etmoqda.

Tecno

Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan “Fyuchers” turkumiga kiruvchi musobaqaning yakkalik bahslarida Jo‘rabek Karimov ilk uchrashuvini Xitoy Taypeyi vakili Ti Chenga qarshi o‘tkazadi.

Shuningdek, Humoyun Sultonov asosiy to‘rning birinchi davrasiga chiqish uchun saralashning so‘nggi o‘yinida shveytsariyalik Mirko Martines bilan raqobatlashadi.

Juftlik bahclarining birinchi bosqichida Jo‘rabek va xitoylik Aoran Vang tandemi yaponiyalik Ken Onisi va Ryota Tanuma bilan, Humoyun va qozog‘istonlik Doniyor Duldaev dueti mezbon tennischilar Kristian Oliver Li va Damen Rokkiga qarshi kortga chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Kuala-Lumpur shahrida o‘tkazilgan musobaqaning juftlik bahslarida Jo‘rabek Karimov va xitoylik Aoran Vang bosh sovrinni qo‘lga kiritgan edi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!