
Karius "Beshiktosh"ga ham kerak emas
Mavsumni ijara asosida "Beshiktosh"da o‘tkazayotgan darvozabon Loris Karius qishda yana "Liverpul"ga qaytadi.
Team Talk nashri tarqatgan xabarga qaraganda turk klubi rahbariyati germaniyalik posbonning ko‘rsatayotgan o‘yinlaridan ranjimoqda va qishda uni ortga qaytarib, o‘rniga mersisaydliklardan belgiyalik hujumchi Divok Origini so‘ramoqchi.
Eslatib o‘tamiz, “Beshiktosh” Kariusni yozda “Liverpul”dan 2 yilga ijaraga olgan edi. U joriy mavsum 14ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z darvozasidan 9ta gol o‘tkazib yuborgan.
Fikrlar