
“Katta dubulg‘a – 2017”: Uch dzyudochimiz musobaqani erta tark etdi
Yaponiyada dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a – 2017” musobaqasi boshlandi.
Nufuzli musobaqada dunyoning 61 davlatidan kelgan 420 yaqin polvonlar 14 vazn toifasida g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda.
Mazkur musobaqada mamlakatimiz sharafini 2-3 dekabr kunlari o‘tadigan bahslarda 60 kgda Sharofuddin Lutfullaev, 66 kgda Sardor Nurillaev, Artem Shturbabin, 73 kgda Xikmatulloh To‘raev, 90 kgda Yahyo Imomov, Shermuhammad Jandriev, 100 kgda Sherali Jo‘raev, +100 kgda Bekmurod Oltiboev, Alisher Yusupov kabi mahoratli polvonlar himoya qilmoqda
“Katta dubulg‘a – 2017” musobaqasining dastlabki kunida hamyurtlarimizdan Sharofuddin Lutfullaev, Sardor Nurillaev, Artem Shturbabin va Xikmatulloh To‘raev afsuski musobaqani erta tark etdi.
Dastlabki bahslarda Yaponiya terma jamoasi a’zolari 7 oltin, 4 kumush va 9 bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda turibdi.
Fikrlar