
Kecha Madridda bo‘lib o‘tgan "El-klasiko"da Messi rekord, Ramos esa antirekord o‘rnatdi
Xabaringiz bor "Barselona" kecha "Real"ga qarshi bo‘lib o‘tgan Ispaniya kubogi yarim final javob o‘yinida 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
E’tiborlisi, shu tariqa kataloniyaliklar forvardi Lionel Messi o‘zining “Real”ga qarshi “Santyago Bernabeu”da qozongan g‘alabalar sonini 11taga etkazib oldi va bu borada rekordchiga aylanib oldi.
O‘z navbatida shu kuni madridliklar himoyachisi Serxio Ramos ham rekord o‘rnatdi. Faqat, antirekord. Gap shundaki, Ramosning “Barselona”ga qarshi “Santyago Bernabeu”dagi o‘yinlarda uchragan mag‘lubiyati soni 11taga etdi va u ham bu borada “yakka peshqadam”ga aylanib oldi.
Eslatib o‘tamiz, “Real” va “Barselona” jamoalari o‘rtasidagi navbatdagi to‘qnashuv ham bizni uzoq kuttirmaydi. Muxlislar 2 mart kuni yana Madridda “el-klasiko”ga guvoh bo‘lishlari mumkin. Faqat bu safar ular La Liga doirasida kuch sinashishadi.
Fikrlar