
Klopp: Kariusning "Beshiktosh"ga o‘tayotganidan xabarim yo‘q
Angliyaning "Liverpul" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoa darvozaboni Loris Kariusning "Beshiktosh"ga o‘tayotgani borasida hech qanday axborotga ega emasligini aytdi.
“Menga bu haqda hech narsa deyishmadi. Kariusning "Beshiktosh"ga o‘tayotgani haqida hech nima eshitmadim”, - deydi germaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq tur klubi 25 yoshli germaniyalik posbonni mersisaydliklardan ikki yilga ijaraga olayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar