Kudermetova va Sobolenko tandemi kuchli ekan
Xertogenbos shahrida xotin-qizlar o‘rtasida o‘tayotgan "Libema Open" turnirining chorak finalida kortga chiqadigan tennischilar saralanmoqda.
Rossiyalik tennischi Veronika Kudermetova va belaruslik Arina Sobolenko musobaqaning juftlik bahslarida xorvatiyalik Dariya Yurak va shvetsiyalik Korneliyu Listerni 7:5, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa g‘alaba qozongan Kudermetova hamda Sobolenko chorak finalda belgiyaik Eliza Mertens va gollandiyalik Demi Shuursga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar