La Liga. “Barselona” 10 daqiqa ichida “Sevilya”ni yanchib tashladi

  • 6 aprel, 2017, 08:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionati 30-tur markaziy o‘yinida “Barselona” o‘z maydonida “Sevilya” futbolchilarini qabul qildi.

Tecno

Uchrashuvning 23-daqiqasida Luis Suares hisobni ochgan bo‘lsa, 3 daqiqadan keyin Lionel Messi hisobni oshirdi.

33-daqiqada yana argentinalik hujumchi katta sahnaga chiqib, o‘z hisobiga dubl yozdirib qo‘ydi. Shu tariqa, Luis Enrike jamoasi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Barselona – Sevilya  3:0 (3:0)

Gollar: Suares 23, Messi 26, Messi 33

Barselona: Ter Shtegen, Umtiti, Pike (Din 77), Maskerano, Serxi Roberto, Rakitich (Alenya 79), Buskets, Inesta, Messi, Neymar, Suares (Alkaser 64).

Sevilya: Riko, Mariano, Merkado (Kranevitter 46), Lengle, Parexa, Eskudero, Nzonzi, Nasri (Sarabiya 46), Iborra (Yovetich 76), Vitolo, Korrea.

Ogohlantirishlar: Pike 14, Iborra 38, Vitolo 56, Buskets 73, Rakitich 78, Alenya 84,

Chetlatish: Vitolo 90

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!