La liga: Tarixiy natijalar va statistikalar(2-qism)

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya chempionatiga oid faktlar va statistikalarni e’tiboringizga havola etishda davom etamiz.

Futbol tarixidagi eng sovrindor 5 murabbiy

Kataloniyaning “Lerida” jamoasi 1950/51 yilgi mavsumda o‘z darvozasidan 134 ta to‘p o‘tkazib yuboradi. Hech bir klub bir mavsumda bunchalik ko‘p gol o‘tkazib yuborgan emas.

Madridning “Real” jamoasi 50 yillarning so‘nggida o‘z maydonlarida o‘tgan ketma-ket 121 o‘yinda mag‘lubiyatga uchramay kelishgan. Agarda buni yillarda o‘lchaydigan bo‘lsak, tarkibida Pushkash xamda Di Stefanosi bor bo‘lgan “Real” 8 yil La ligada umuman o‘z maydonlarida mag‘lubiyatga uchramagan.

La liga: Tarixiy natijalar va statistikalar(1-qism)

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi La ligadagi 91 ta uchrashuvda bittadan ko‘p gol urgan xolda o‘yinni tugatgan.

Bugungi kunda “Everton” bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritayotgan Ronald Kuman esa himoyachi bo‘lishiga qaramay La ligada 67 bor gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu La ligada 57 bor penaltidan gol kiritishga erishgan va bu borada meksikalik Ugo Sanchesni ortda qoldirishga erishdi.

Lionel Messi esa bir mavsum davomida 50 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ladi. Buncha to‘p kiritish uchun esa argentinalik forvardga 37 ta o‘yin kerak bo‘lgan. O‘z navbatida Ronaldu bir mavsumda 48 ta gol kiritishga erishgan. Ammo shuni qayd etish joiz, Krishtianu 48 golni urish uchun Messidan ancha kam o‘yin etarli bo‘lgan.

“Tottenxem” afsonasi Garri Lou 48 yosh 7 oy 12 kunligida o‘ynovchi murabbiy sifatida maydonga tushgan.

“Ovedo” jamoasi futbolchisi Langarega La ligada 100 ta gol kiritishi uchun 82 ta o‘yin etarli bo‘lgan. Xattoki, Ronaldu ham bunday natijaga erisha bilmagan.

La ligada eng ko‘p chempion bo‘lgan jamoa “Real” ekanidan ko‘pchilik yaxshi xabardor. “Blankoslar” 32 bor Ispaniyada tengsiz bo‘lishgan.

Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionatida 32 bor “xet-trik” qayd etgan. Messida esa bu ko‘rastakich 29 ga teng.

Xixonning “Sporting” jamoasi 1997 yilgi mavsumda 29 ta o‘yinda mag‘lubiyatga uchraydi. Xa, xixonliklar umuman mavsumga tayyor bo‘lishmagan ko‘rinadi.

“Deportivo” klubining sobiq darvozaboni Fransisko Liano esa 1993/94 yilgi mavsumda 26 ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan.

Lionel Messi La ligadagi ketma-ket 21 o‘yinda maydonni golsiz tark etmagan. Bu xodisa 2012 va 2013 yillarga to‘g‘ri keladi.

Bir mavsumda turnirdagi barcha 19 jamoaga to‘p kiritish faqat 3 ta futbolchiga nasib etgan. Bular Ronaldo, Messi va Ronaldu.

90 yillarda ispan klublari qanday liboslarda o‘ynashgan

“Valensiya” posboni Diego Alves esa 19 bor penaltilardan berilgan zarbalarni bartaraf etishga muvaffaq bo‘lgan va bu borada “Barselona”ning sobiq kiperi Andoni Subisarretani ortda qoldirishga erishadi.

Davomi bor…

Izoh: Statistika 28.02.2017 holatiga

Shahzod Xolboev tayyorladi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!