Legionerlarimiz. Afoninning jamoasi bugun “hayot-mamot” o‘yinini o‘tkazadi va boshqalar

  • 28 may, 2017, 09:12
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Rossiya Premer ligasida qolish uchun o‘tkaziladigan pley-offning javob uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Vadim Afonin faoliyat olib boradigan “Orenburg” o‘z maydonida “SKA-Xabarovsk”ni qabul qiladi. Xabarovskda o‘tgan bahsda 0:0 hisobi qayd etilganini inobatga oladigan bo‘lsak, “Orenburg”ni har qanday hisobdagi g‘alaba Premer ligada olib qoladi.

Tecno

Bundan tashqari bugun Qozog‘iston chempionatida faoliyat olib boradigan hamyurtlarimizning jamoalari ham o‘z o‘yinlarini o‘tkazishadi. Quyida ular bilan batafsil tanishtiramiz.

Legionerlarimiz faoliyatiga oid eng so‘nggi yangiliklarni SPORTS.uz internet axborot portalida kuzatib boring.

13.00 “Oqjetpes” – “Ordabasi”(Aleksandr Geynrix)

17.00 “Orenburg” – “SKA-Xabarovsk”(Vadim Afonin)

18.00 “Atitau” – “Oqjayiq”(Shavkat Salomov)

Izoh: O‘yinlar boshlanadigan vaqt Toshkent vaqtida ko‘rsatilgan

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!