
Lennoks Lyuis: Uaylder va Fyuri jangida kim g‘alaba qozonishini aytdi
Super og‘ir vazn toifasining sobiq mutloq jahon chempioin Lennoks Lyuis WBC chempionlik kamari uchun amerikalik Deontey Uayldera va britaniyalik Tayson Fyuri o‘rtasidagi jang haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
– Klichko Fyuri bilan bo‘lgan jangda undan faollik va bardoshlilikni kutmagan edi. U Tayson ringda ko‘p harakat qiladi deb o‘ylamagan. Uaylder ham shuni kutyapman. U Fyuridek harakatlanadi. Bu umuman boshqa masala. Ammo bu Deontey har qanday holatda chempionlikni himoya qiladi degani emas. Unda kuchli zarba bor. Biroq Fyurini nokaut qila olmaydi. U bu to‘qnashuvga yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rishi kerak. Fyuri oyoqlari tezkor va tutqich bermas. Ko‘ramiz, Deontey uni tuta olarmikan, – deydi Lyuis.
– Jang ajoyib bo‘ladi. Agar qarama-qarshilik 12 raund davom etsa, Tayson g‘alaba qozonadi. Agar kimdir muddatidan oldin zafar quchsa, u Uaylder bo‘ladi.
Fikrlar