"Liverpul" Starrijga yangi shartnoma taklif qilmoqchi

  • 20.10.2018 08:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Angliyaning "Liverpul" klubi hujumchi Deniel Starrij bilan amaldagi shartnomani uzaytirmoqchi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra 29 yoshli futbolchining joriy mavsumda ko‘rsatayotgan o‘yinlari mersisaydliklar rahbariyati va murabbiylar shtabini hayron qoldirmoqda. Shu bois ular Starrijga yangi shartnoma taklif qilishmoqchi.

Imzolanadigan yangi shartnoma bo‘yicha Starrijning yillik maoshi 8,25 million evroga etadi.

Ma’lumot uchun, Deniel Starrij joriy mavsum “Liverpul” safida jami 9ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 4ta gol urishga erishdi. Uning amaldagi shartnomasi 2019 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!