"Liverpul" mavsumda ilk bor mag‘lub bo‘ldi

  • 4 yanvar, 2019, 03:24
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Manchesterdagi "Ittihod" stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida raqibdan ustun kelishdi. Dastavval 40-daqiqada Serxio Aguero hisobni ochdi.

64-daqiqada esa Roberto Firmino Robertsonning uzatmasidan so‘ng Ederson darvozasini bosh bilan ishg‘ol etdi. Oradan 7 daqiqa o‘tib esa Leroy Sane o‘zining aniq zarbasi bilan "shaharliklar"ga o‘ta muhim bo‘lgan 3 ochkoni olib berdi.

Shu tariqa Yurgen Klopp jamoasi bu yilgi mavsumda chempionatda ilk bor mag‘lubiyat alamini "ta’tishga" majbur bo‘lishdi. "Qizillar" bunga qadar o‘tgan 20 o‘yinning 17 tasida g‘alaba qozonishgan va 3 bellashuvda durang o‘ynashgan edi.

Ma’lumot uchun, "Liverpul" Premer-ligada 54 ochko jamg‘argan holda etakchilik qilmoqda. Hisobida 50 ochkosi bor "Manchester Siti" esa 2-pog‘onada bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!