“Lokomotiv” bugun Minskka yo‘l oladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kecha navbatdagi o‘yinlarga tayyorgarlikni boshlagan Toshkentning “Lokomotiv” klubi bugun Belorussiya poytaxti Minsk shahriga jo‘nab ketadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Andrey Fyodorov boshchiligidagi jamoa uchun 19 iyundan to 3 iyulga qadar o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari tashkil etiladi.

Yodingizda bo‘lsa, “Lokomotiv” o‘tgan 2016 va 2017 mavsumning davralar oralig‘idagi tanaffusdan unumli foydalanish maqsadida Minsk shaxrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etgan edi. Murabbiylar shtabi bu safar ham aynan ushbu shaharda mashg‘ulotlar olib borishni ma’qul topishdi. Ushbu yig‘in davomida 4 ta o‘rtoqlik-nazorat uchrashuvlari tashkil etiladi. Ular haqida batafsil keyinroq ma’lumot beramiz

“Temiryo‘lchilar” bugun soat 17:00da Minskka parvoz qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!