“Lokomotiv”ning Chempionlar ligasidagi ishtirokiga oid faktlar
Kuni kecha Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi OChLdagi ishtirokini boshladi. Musobaqaning dastlabki turida Saudiya Arabistonida 0:1 hisobida mahalliy “Al-Tavun” jamoasiga mag‘lubiyatga uchragan “temiryo‘lchilar”ning OChLdagi ishtirokiga oid faktlarni e’tiboringizga havola etamiz.
1. “Al-Tavun”ga qarshi bahs “Loko” uchun OChLdagi 17-o‘yini edi;

2. “Temiryo‘lchilar” uchun kechagi mag‘lubiyat mazkur musobaqadagi oltinchisi edi. Bundan tashqari “Lokomotiv” 4 bor g‘alaba qozongan bo‘lsa, qolgan 7 bahs durang natija bilan nihoyasiga etgan;
3. Kuni kecha Talal Al-Absi tomonidan kiritilgan gol “Loko” darvozasidan joy olgan 19 gol bo‘ldi.

4. O‘z navbatida “temiryo‘lchilar” raqiblar darvozasiga 18 ta to‘p kiritganini ta’kidlash joiz;
5. “Lokomotiv” o‘z tarixida ikkinchi bor OChLni mag‘lubiyat bilan boshladi. Bundan oldin 2015 yilgi mavsumda jamoa ilk turda o‘z maydonida 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi;
6. Burayida shahrida o‘tgan o‘yin “Lokomotiv”ning OChLda safardagi 9-o‘yini edi. Mazkur o‘yinlarda “Loko” bir bor g‘alaba qozongan, 4 ta bahs esa durang bilan nihoyasiga etgan va qolgan 4 ta o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan. To‘plar nisbati: 7–18

7. “Lokomotiv”ning kechagi mag‘lubiyati Saudiya jamoalaridan qabul qilingan uchinchi mag‘lubiyat bo‘ldi. Muqaddam, jamoa 2015 yil “Al-Xilol”ga barcha ikki o‘yinda imkoniyatni boy bergan edi;
8. Umuman olganda “Loko” Saudiya jamoalarini faqat bir bor mag‘lub etgan va 3 bor durang qayd etgam To‘plar nibati: 6–9
9. Temiryo‘lchilar” ishtirokidagi uchinchi o‘yin 0:1 hisobida yakun topdi. 2015 yil “Fulad”, o‘tgan yili esa “Al-Ain”ga minimal hisobda imkoniyat boy berilgan edi;
10. “Lokomotiv”ning OChLdagi eng yaxshi to‘purari Temurxo‘ja Abduxoliqov sanaladi – 6 ta.
Izoh: Saralash o‘yinlari inobatga olinmagan
Shahzod Xolboev tayyorladi



Fikrlar