
Lopetegi Ronalduga qo‘ng‘iroq qoldi
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi hujumchi Krishtianu Ronalduga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zaro fikr almashdi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha tomonlar yuzaga kelgan vaziyat haqida o‘z pozitsiyalarini bildirishgan. Shuningdek ispaniyalik mutaxassis Ronalduni jamoada qolishga ishontirishga uringani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq OAVda Ronalduning "Yuventus"ga yaqin kunlar ichida ko‘chib o‘tishi borasida xabarlar tarqalgandi. Turinliklar portugaliyalik futbolchining transferini 100 mlng evroga sotib olishmoqchi va uning o‘ziga yiliga 30 mln evro maosh to‘lamoqchi.
Fikrlar