Lopetegi rus klubini boshqarishni istamadi

  • 01.11.2018 10:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yaqindagina “Real” Madriddan iste’foga chiqarilgan Xulen Lopetegi Moskvaning "Spartak" klubini boshqarishni istamadi. Bu haqda Coral Betting nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 52 yoshli ispaniyalik mutaxassis rus klublarida ishlashga qiziqmayapti. Ammo, eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq Lopetegi hech qanday tanaffuslarsiz murabbiylik faoliyatini davom ettirmoqchi ekanligi va boshqa klublardan bo‘ladigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

O‘z navbatida “Spartak” ham Massimo Karrerani iste’foga chiqargach, hozirda o‘ziga yangi bosh murabbiy qidirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!