Lukaku "Chelsi"ga qaytishi mumkin

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning “Chelsi” klubi ayni damda “Everton” sharafini himoya qilayotgan sobiq hujumchisi Romelu Lukakuni ortga qaytarish yo‘llarini izlamoqda. Bu haqda The Telegraph nashri xabar berdi.

Ta’kidlash kerakki, 2011-2014 yillarda Lukaku aynan “aristokratlar” safida to‘p surgan. Biroq, asosiy tarkib futbolchisiga aylana olmagach, jamoasini o‘zgartirishga majbur bo‘lgan.

23 yoshli belgiyalik futbolchi “Everton” to‘purari hisoblanadi. Uning hisobida joriy mavsum 22ta gol mavjud. Ma’lumotlarga ko‘ra Lukaku “Everton” bilan amaldagi shartnomasini uzaytirish niyatida emas.

Eslatib o‘tamiz, Lukaku premer-liganing mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!