Lukaku “Everton” bilan shartnomani uzaytirishga shoshilmayapti

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Belgiya terma jamoasi hujumchisi Romelu Lukaku “Everton” bilan amaldagi shartnomani uzaytirishga shoshilmayapti. The Times nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra 23 yoshli futbolchining qo‘lida “irischilar”ning uzaytirilgan shartnomasi bor, biroq, futbolchi hali yakuniy qarorga kelmagan.

Ta’kidlash kerakki, liverpulliklar yangi shartnomada Lukakuga haftasiga 140 ming funt (taxminan 164 ming evro) maosh taklif qilishgan. Avvaroq belgiyalik futbolchining xizmatlariga "Chelsi" va PSJ klublari jiddiy qiziqish bildirayotganligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Lukaku ushbu mavsum “Everton” safida 25ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 17ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!