
Lukaku Premer-liga tarixiga kirdi
“Everton” klubi hujumchi Romelu Lukaku “Bornmut”ga qarshi Angliya chempionati 24-tur bahsida o‘ziga xos natija qayd etdi.
Gap shundaki, belgiyalik hujumchi ushbu bahsda raqiblari darvozasini to‘rt bor aniq nishonga olib, Premer-liga tarixida pokerga erishgan eng yosh futbolchilar ro‘yxatining beshligidan o‘rin egalladi. Hozirda u 23 yoshu 267 kunga to‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, o‘yinda 6:3 hisobida “Everton” zafar quchdi. Ushbu o‘yindan keyin liverpulliklar 40 ochko bilan musobaqa jadvalining 7-pog‘onasida bormoqda.
Fikrlar