Lukas Moura "Kamp Nou"dagi alamli mag‘lubiyatni yodga oldi

  • 12 dekabr, 2018, 17:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Tottenxem" klubi hujumchisi Lukas Moura kecha “Kamp Nou”da “Barselona”ga (1:1) qarshi kechgan o‘yin haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Ikki mavsum oldin “Kamp Nou”da imkonsiz ish amalga oshirilgan edi. O‘shanda maydonni alam ko‘z yoshlari bilan tark etgan edim. Bugun “Kamp Nou”da yana ko‘zlarimga yosh oldim, ammo bu safar quvonch ko‘z yoshlari edi”, - deb yozadi braziliyalik futbolchi o‘zining tvitterdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" 2016/17 yilgi mavsum EChL pley-offida dastlab Parijda PSJga 4:0 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsada, keyin “Kamp Nou”da 6:1 hisobida g‘alaba qozonib keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi. O‘shanda Moura parijliklar futbolchisi hisoblanardi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!