Mag‘lubiyatdan so‘ng faxriy chempion Toni Bellyu sportdagi faoliyatini yakunlashga qaror qildi

  • 11 noyabr, 2018, 13:11
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Boks bo‘yicha WBC versiyasi faxriy chempioni Toni Bellyu birinchi og‘ir vazn toifasida mutloq jahon chempioni Aleksandr Usik bilan bo‘lgan to‘qnashuvdan keyin faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Jang Usikning 8-raundda nokauti bilan tamom bo‘ldi.

Men butun kuchim bilan harakat qilgan edim, shuning uchun yuragim sindi. Bor kuchimni ishga solsamda baribir maqsadimga eta olmadim. Bu aniq tamom bo‘ldi degani, – deya Bellyuning so‘zlarini keltiradi BBC nashri.

Bu g‘alaba 31 yoshli ukrainalik jangchi uchun ushbu vaznda WBC, WBO, IBF, WBA Super va The Ring chempionlik kamarlarini saqlab qolish imkonini berdi. Shuningdek, bu g‘alaba uni birinchi og‘ir vazn toifasining mutloq jahon chempioniga aylantirdi.

Usik uchun bu barcha kamarlarining ilk himoya jangi edi. Endi uning hisobida 16 jang 16 g‘alaba mavjud. Shulardan 12 tasini muddatidan oldin yakunlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!