
"Manchester Siti" xavbeki "Suonsi"ga ko‘chib o‘tdi
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bersant Tselina faoliyatini "Suonsi"da davom ettiradigan bo‘ldi.
Hozircha transferning moliyaviy tomonlari oshkor etilmayapti. 21 yoshli futbolchi esa “shaharliklar” bilan 2022 yilga qadar shartnoma imzolagan.
Ma’lumot uchun, Tselina "Manchester Siti" safiga 2014 yilda kelib qo‘shilgan edi. Biroq, u o‘tgan davr mobaynida asosiy jamoada faqat 4ta o‘yinda maydonga tushgan holos. Keyinchalik esa "Tvente" va "Ipsvich" klublarida ijara asosida to‘p surgan. U Kosova terma jamoasida esa 10ta uchrashuvda ishtirok etgan va 1ta gol urishga erishgan.
Fikrlar