"Manchester Yunayted" futbolchisining ketishi aniq bo‘ldi
"Vest Bromvich Albion" jamoasi "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Morgan Shneyderlenni qo‘lga kiritishga yaqin turibdi.
Bu jamoa frantsiyalik futbolchiga anchadan buyon qiziqish bildirmoqda va manchesterliklarga 18 million funt ham taklif qilib, rad javobini olishga ham ulgurdi.
Biroq, endi vaziyat o‘zgardi va "Manchester Yunayted" Shneyderlen bo‘yicha takliflarni muhokama qilishga tayyorligini bildirdi. "Vest Bromvich Albion" esa o‘z Shneyderlen uchun 20 million funtdan voz kechishga tayyorligini ma’lum qilmoqdi.
Shneyderlen "Manchester Yunayted"ga 2014 yili "Sautgempton"dan 24 million funt evaziga olib kelingan. Joze Mourino kelgach, frantsiyalik futbolchi asosiy tarkibdagi joyini yo‘qotdi.

Fikrlar