Maradona: Messidan hafsalam pir bo‘ldi, uyda o‘tirib Ronaldu bilan kurashib bo‘lmaydi

  • 10 yanvar, 2017, 11:19
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
 
 
Argentina terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi, argentinalik superfutbolchi Diego Maradona o‘z hamyurti Lionel Messi FIFAning eng yaxshi futbolchini taqdirlash marosimiga kelmaganini qattiq tanqid qildi.
 
- Messi hafsalamni pir qildi, - dedi Diego Maradona. - Uyda televizor qarshisida o‘tirib, hech kim bilan kurashib bo‘lmaydi. "Barselona" FIFAning muhim tadbirida nega qatnashmaganini bilmayman. Messi Tsyurixga kelganida Krishtianu Ronaldu bilan raqobatlasha olishini ko‘rsatgan bo‘lardi.
 
Jahonning eng yaxshi futbolchisini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnoma yakuniga ko‘ra, Krishtianu Ronaldu 34,4%, Lionel Messi 26,42% va Antuan Grizmann 7,53% ovoz oldi. Messidan farqli o‘laroq, Grizmann marosimda qatnashdi va Ronalduni tabriklash uchun o‘zida kuch topa oldi.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!