Marez Venger qo‘l ostida to‘p surish uchun "Arsenal"ga o‘tmoqchi
Angliyaning “Lester” klubi yarim himoyachisi Riyod Marez frantsiyalik mutaxassis Arsen Venger qo‘l ostida o‘ynashni xohlashini va shu sabab “Arsenal”ga o‘tish istagida ekani haqida aytib o‘tdi. Bu haqda Le Buteu nashri xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, jazoirlik futbolchi ayni damda Maldiv orollarida oilasi bilan hordiq chiqarmoqda va o‘zining kelajagi borasida biror qarorga kelganicha yo‘q. Marezga hozircha “Arsenal”dan tashqari “Liverpul” va “Chelsi” klublari ham jiddiy qiziqish bildirayotgan edi.
Ma’lumot uchun, 26 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum “Lester” safida jami 48ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 10ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning “tulkilar” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar