Marselo tezroq "Yuventus"ga o‘tishni xohlamoqda

  • 22.10.2018 16:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol

Madridning “Real” klubi himoyachisi Marselo rahbariyatga o‘zining “Yuventus”ga o‘tish istagi borligini bildirmoqda.

Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 30 yoshli braziliyalik futbolchi buning uchun mavsum yakuniga qadar kutmoqchi emas va qishki transferlar chog‘idayoq Turinga ko‘chib o‘tmoqchi. U o‘zining bu boradagi xohishini rahbariyatg bir necha bor aytgan.

Aytish lozimki, Marseloning o‘zi ham “Yuventus” unga qiziqayotganini yaxshi biladi va u ham ushbu taklifga qarshi emas.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Real” prezidenti Florentino Peres Marseloni kamida 50-60 mln evroga qo‘yib yuborishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shohruxxon
22/10/2018 16:11
Marcelo ketsa realda zarba beraydigon oyinchi qolmaydi