Mendesh: Ronaldu “MYu” va “Real”dagi kabi “Yuventus”da ham eng yaxshisi bo‘ladi
“Yuventus” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning agenti Jorje Mendesh portugaliyalik futbolchining Turin klubiga kelib qo‘shilishiga izoh berdi.
“Ronaldu “Manchester Yunayted” va “Real” eng yaxshi futbolchi bo‘lgan. “Yuventus”da ham shunday bo‘ladi. “Yuventus” Ronaldu bilan EChLda g‘olib bo‘lishga qodir, chunki u futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi”, – dedi Mendesh.
“Yuventus” Krishtianu Ronalduning transferi uchun 112 million evro sarfladi. Portugaliya termasi hujumchisi yiliga 30 million evro maosh oladi.

Fikrlar