Messi FIFAning taqdirlash marosimiga bormaydi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, bugun Shveytsariyaning Tsyurix shahrida FIFA 2016 yil yakunlari bo‘yicha taqdirlash marosimini o‘tkazadi.

Ushbu marosimda yilning eng yaxshi futbolchisi sovriniga da’vogar bo‘lgan “Barselona” klubi futbolchisi Lionel Messi ishtirok etmaydigan bo‘ldi.

Klub matbuot xizmatining xabar tarqatishicha, kataloniyaliklar hujumchisi Tsyurixda o‘tkaziladigan tadbirga kelishdan ko‘ra, Ispaniya chempionati doirasida o‘tkaziladigan Bilbaoning “Atletik” klubiga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rishni ma’qul ko‘rgan.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu sovringa Messidan tashqari, “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu va “Atletiko” vakili Antuan Grizmanlar da’vogarlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!