Messi "Inter"ga qarshi bahsda ishtirok etishi mumkin

  • 03.11.2018 23:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kataloniyaning “Barselona” klubi forvardi Lionel Messi Chempionlar ligasi guruh bosqichining  4-turidan o‘rin olgan “Inter”ga qarshi bahsda ishtirok etishi mumkin. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 31 yoshli argentinalik futbolchi dushanba kuni jamoadoshlari bilan birga Milanga         yo‘l oladi. Aytish lozimki, jamoa bosh murabbiyi Ernesto Valverde ushbu uchrashuvga jami 19 nafar futbolchini olib ketadi. Messining maydonga tushi yoki tushmasligi esa o‘yin kuni ma’lum bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Messi La Liganing 9-turida “Sevilya”ga qarshi bahsda qo‘lidan jarohat olgan edi.

Ma’lumot uchun, "Inter" - "Barselona" uchrashuvi 7 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!