Messi kuchli beshlik chempionatlari futbolchilari orasida birinchi bo‘ldi

  • 17.12.2018 09:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kataloniyaning “Barselona” klubi forvardi Lionel Messi kecha La Liganing 16-turida “Levante”ga (5:0) qarshi bahsda xet-trik qayd etish bilan birga jamoasining 1ta goliga assistentlik ham qildi.

Shu tariqa 31 yoshli argentinalik futbolchining bu mavsum “gol+pas” tizimi bo‘yicha to‘plagan ochkolari 22taga etdi. E’tiborlisi, u joriy mavsum Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida to‘p surayotgan futbolchilar orasida 20talik dovondan oshgan ilk futbolchiga aylandi.

Ma’lumot uchun, Messi hozircha 19ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 20ta gol hamda 11ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Messi so‘nggi 9 yilda 8-marta yil davomida 50tadan ko‘p gol urgani haqida xabar bergan edik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!