Messining Argentina terma jamoasiga qachon qaytishi ma’lum bo‘ldi
Kataloniyaning "Barselona" klubi forvardi Lionel Messi bahorda Argentina terma jamoasiga qaytadi. Bu haqda Goal nashri xabar bermoqda.
Eslatib o‘tish lozimki, 31 yoshli futbolchi JCh-2018dagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng “albasetlar” safidan vaqtincha ketganini e’lon qilgan edi.
Endi Messi 22 mart kuni Venesuelaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etishi kutilmoqda. Ushbu bahs esa katta ehtimol bilan “Kamp Nou”da bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar