Messining La Ligada penaltidan urgan gollari soni 50taga etdi
Kataloniyaning "Barselona" klubi hujumchisi Lionel Messi kecha "Valensiya"ga (2:2) qarshi o‘yinda dubl qayd etdi va jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
31 yoshli argentinalik futbolchi gollarining birini penaltidan urdi. Mister Chip tarqatgan xabarga ko‘ra bu uning La Ligadagi penaltidan kiritgan 50-goli bo‘ldi.
E’tiborlisi, Messi La Ligada penaltidan 50ta gol ura olgan uchinchi futbolchiga aylandi.
Bu borada Messidan yuqorida faqatgina Ugo Sanches (56) va Krishtianu Ronaldu (61) bor.
Ma’lumot uchun, Messi joriy mavsum “Barselona” safida jami 26ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 29ta gol hamda 16ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar