"Metallurg" uchun seminar tashkil etildi

  • 15 fevral, 2019, 22:19
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Har yili Xalqaro futbol federatsiyalari uyushmasi – FIFA futbol qoidalariga bir qator juz’iy o‘zgarishlar kiritib boradi. Shu boisdan ham mavsum arafasida O‘zbekiston futbol federatsiyasi rahbariyati klublar rahbariyati, murabbiylar shtabi hamda futbolchilarni shu kabi yangiliklardan voqif etib borish, bahsli vaziyatlarda qanday qarorlar qabul qilinishidan xabardor etib borishni an’anaga aylantirgan.

Tecno

2019 yilgi mavsum arafasida ham O‘FA hamda O‘zPFL tashabbusi bilan Superliga klublarida maxsus seminarlar tashkil etilayapti. Bugun xorij safaridan qaytib kelgan Bekobodning “Metallurg” jamoasi Toshkent viloyati Qibray tumanidagi o‘quv-mashg‘ulot maskanida to‘plandi. Kunning ikkinchi yarmida esa mazkur qarorgohga taniqli hakam, ayni paytda etakchi nazoratchilardan biri sifatida ishlab kelayotgan Marat Ismoilov tashrif buyurdi va “Metallurg” murabbiylari hamda futbolchilari ishtirokida seminar o‘tkazdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Futbol qoidalaridagi o‘zgarishlar” mavzusida qilingan ma’ruza futbolchilar va mutaxassislarda katta qiziqish uyg‘otdi. Savol javob tarzida o‘tkazilgan seminar davomida Marat Shokirovich maxsus video tasvirlar, chizmalar orqali bahsli vaziyatlarni tahlil etib, tushuntirib berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!