"Milan" qishda Vidalni ijaraga olmoqchi

  • 20.11.2018 21:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Arturo Vidal "Milan"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “rossonerilar” 31 yoshli chililik futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan mavsum yakunigacha ijaraga olishni rejalashtirishmoqda. O‘z navbatida Vidal ham “ko‘k-anor ranglilar” safida etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayotgani sabab jamoasini o‘zgartirishga qarshi emas.

Ma’lumot uchun, Vidal joriy mavsum jami 15ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!