"Monako" "Barselona" tarbiyalanuvchisini tarkibga qo‘shib oldi
“Monako” klubi o‘z safiga “Barselona” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Jordi Mboulani qo‘shib oldi.
Ma’lum bo‘lishicha, 18 yoshli futbolchi “Monako” bilan besh yillik – 2022 yilgacha bo‘lgan shartnoma imzoladi. Kelishuv 1 iyuldan kuchga kiradi va Mboula yangi jamoasidagi faoliyatini boshlaydi.
Mboula o‘tgan mavsum “Barselona” safida UEFAning o‘smirlar ligasida yorqin o‘yinlari bilan muvaffaqiyat qozonib, 8 golga mualliflik qildi.

Fikrlar